Sochlarni avaylab chuqur tozalash.
Shampun elektrlanishni pasaytiradi, namlantiradi, bo‘yash va kimyoviy jingalak qilishdan keyin tiklantiradi, tarashni osonlashtiradi va haddan ziyod mo‘rtlikka barham beradi.
Haddan tashqari quritib yubormay, sochlar va bosh terisini samarali va avaylab tozalaydi. Sochlarga tabiiy jilo va egiluvchanlik bag‘ishlaydi.
Tarkibida sulfatlar, parabenlar, hayvonlardan olingan tarkibiy qismlar va glyuten yo‘q.
Muattar hidini gullar, mevalar va yasmin iforlari, yasmin va nilufarning nafisligi, apelsin va qulupnay shirinligi, mushk va sandal olijanobligi ochib beradi.
Kundalik foydalanish uchun mos keladi.
Faol tarkibiy qismlar
- Aloe vera – terini tinchlantiradi va allergik reaksiya alomatlari xavfini oldini oladi. Organik kislotalar teri yog‘lari ishlab chiqarilish jarayonini normallashtirishga yordam beradi va bosh terisi va sochlarning ildiz atrofida yog‘lilik darajasini kamaytiradi.
- Choy daraxti barglari yog‘i – bosh terisi yog‘lilik nisbatini normallashtirishga imkon beradi.
- A, B5, E, F vitaminlari kompleksi – qayta tiklanish jarayonini tezlashtiradi va sochlarni namlantirishga yordam beradi.
- Gidrolizlangan kollagen – sochlarni qalin, egiluvchan qilgan va jilo bergan holda, ularni mustahkamlaydi.