Tiklovchi shampun

Sochlarni og‘irlashtirmay yumshoq tozalaydi va tiklaydi.

Tiklovchi shampun

Sochlarni og‘irlashtirmay yumshoq tozalaydi va tiklaydi.

433000 UZS

600 ml

Qayta tiklovchi shampun tarkibida kokos va palma yog‘laridan olingan nozik sirt faol moddalar mavjud. Ushbu tarkibiy qismlar tufayli shampun yaxshi ko‘piklanadi va sochlarni uzoq vaqt toza saqlaydi. Aloe vera bio-kompleksi va choy daraxti yog‘i bilan boyitilgan yumshoq tozalash formulasi yuzadagi ifloslanishlarni, teri yog‘larini va sochlarni turmaklash vositalari qoldiqlarini bir zumda yo‘q qiladi.

Barcha turdagi sochlarga, shu jumladan g‘ovak, jingalak, shikastlangan va bo‘yalgan sochlarga mos keladi.​

Bizning mahsulotlar peshtaxtasida bosh terisini avaylab parvarishlash uchun minimal miqdordagi sulfatlarni o‘z ichiga olgan shampun taqdim etilgan (skrab effektini yaratadi).
Sulfat ilk foydalanishdanoq chang va kirni olib tashlaydigan ko‘pik hosil qilishga yordam beradi

Faol tarkibiy qismlar

  • Aloe vera – terini tinchlantiradi va allergik reaksiya alomatlari xavfini oldini oladi. Organik kislotalar teri yog‘lari ishlab chiqarilish jarayonini normallashtirishga yordam beradi va bosh terisi va sochlarning ildiz atrofida yog‘lilik darajasini kamaytiradi.
  • Choy daraxti barglari yog‘i – bosh terisi yog‘lilik nisbatini normallashtirishga imkon beradi.
  • A, B5, E, F vitaminlari kompleksi – qayta tiklanish jarayonini tezlashtiradi va sochlarni namlantirishga yordam beradi.
  • Gidrolizlangan kollagen – sochlarni qalin, egiluvchan qilgan va jilo bergan holda, ularni mustahkamlaydi.

Tarkibi

Aloe barbadensis leaf juice, Aqua, Lauramidopropyl Betaine, Cocamide DЕА, Sodium Chloride, C20-24 Alkyl Dimethicone, GuarHydroxypropyltrimonium Chloride, Acrylates/C10-30 Alkyl AcrylateCrosspolymer, Vitamin A (Retinyl Palmitate ), Vitamin F (Linoleicand Linolenic Acids), Vitamin E (Tocopheryl Acetate), Vitamin B5 (Panthenol), Melaleuca Alternifolia Leaf (Tea Tree) Oil, HydrolyzedCollagen, Hydrolyzed Wheat Protein,Methicone, Carbocysteine, Hydrolyzed Silk, Hydroxypropyltrimonium Hydrolyzed VegetableProtein, Potassium Sorbate, Sodium Benzoate, Parfum.

Qo‘llash usuli

Unchalik ko‘p bo‘lmagan shampunni bosh terisini mayin harakatlar bilan massaj qilgan ҳolda sochlaringizga surtib chiqing. 2-3 daqiqaga qoldiring. Sochlaringizni iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.

Kompleks parvarishni tavsiya qilamiz
Sprey-konditsioner

200 ml

289000 UZS
Sochlar uchun maska

600 ml

433000 UZS